O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinshni ushbu mamlakat milliy bayrami — Latviya Respublikasi e’lon qilingan kun munosabati bilan muborakbod etdi. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

18-noyab 1918-yilda Latviya Respublikasi o'z mustaqilligini e’lon qilgan, shu kun davlat bayrami sifatida nishonlanadi.