«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi imtiyozli tarifining amal qilish muddatini yanada uzaytiradi. Bu haqda milliy aviakompaniyaning axborot xizmati habar bermoqda.

Imiyozli tarif bo‘yicha bir tomonga aviachipta narxi 16 yevroni (hozirda 48 000 so‘mni) tashkil qiladi va bu narx 2014-yilning 29-martigacha amal qiladi. Aviachiptaning milliy valyutadagi narxi O‘zR Markaziy bankining joriy kursiga bog‘liq.

Chet el fuqarolari O‘zR Markaziy bankining kursiga qarab chet el valyutasida to'lashadi.

Havo aloqalari bosh agentligi ma'lum qilishicha, imtiyozli chiptalar soni cheklangan.