Bilayn aloqa operatori kompaniya xizmatlari uchun foizsiz to‘lash imkonini beruvchi terminallarni o‘rnatishni boshladi. Ushbu qurilmalar yordamida abonentlar o‘z hisoblarini vositachilik haqisiz to‘ldira oladi, deya xabar bermoqda operator matbuot xizmati.

Vositachilik haqisiz to‘lov qabul qiluvchi ilk terminal kompaniyaning bosh ofisida xizmat ko‘rsatmoqda. Qurilma yordamida hisobni ham naqd pul, ham bank plastik kartasi yordamida to‘ldirish mumkin.

«Bilayn-O‘zbekiston» ommaviy bozordagi savdo bo‘yicha direktori Maksim Yefremovning aytishicha, yaqin orada Toshkent va boshqa shaharlarning eng gavjum joylarida bu kabi o‘nlab terminallar o‘rnatiladi.