O‘zbekiston Respublikasining Portugaliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parijda) Ravshan Usmonov Portugaliya Prezidenti Kavaku Silvaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqida «Jahon» AA xabar beradi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Kavaku Silva ijtimoiyg‘siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Portugaliya munosabatlarining zamonaviy holati hamda ularni yanada rivojlantirishning istiqbollariga ijobiy baho berar ekan, o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish, turli yo‘nalishlarda birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish uchun salohiyatning mavjud ekanligini qayd etdi.

Ravshan Usmanov (1978 yilda tug‘ilgan) O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida 2012 yilning 31 avgustida tayinglangan.