O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga Todjikiston Respublikasi Prezidentligiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Tojikiston davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Maktubda Islom Karimov O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p asrli do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari bundan buyon ham ikki mamlakat va xalq ravnaqi yo‘lida rivojlanib boraverishi hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston rahbari Imomali Rahmonga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat, Tojikistonning birodar xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi

Tojikistonda 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yakunlariga ko‘ra, amaldagi president Imomali Rahmon 83,6% ovoz bilan qayta saylanganligi haqida Gazeta.uz yozgan edi.