O‘zbekiston mini-futbol bo‘yicha terma jamoasi turkmanistonlik futbolchilarni 10:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘yin «O‘zbekiston» sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha 2014-yili Vetnamda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati saralash turniri doirasida bo‘lib o‘tdi.

Gollardan beshtasini Dilshod Rahmatov, ikkitasini Jamoliddin Sharipov, Artur Yunusov, Dilshod Irisaliyev va Farhod Abdumavlonov kiritdi.

Navbatdagi Osiyo chempionati yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan saralash turnirida O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda.

Saralash guruhida dastlabki uch o‘rinni egallagan terma jamoa 2014-yili Vetnam mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Qirg‘iziston vakillari Tojikiston terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda tojikistonliklar 8:4 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston futbolchilariga qarshi maydonga chiqadi.