6-noyabr kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlardan biri Vimpelcom Ltd (Oʻzbekistondagi Beeline savdo belgisi) 2013-yilning III choragi uchun moliyaviy va operatsion natijalarni e'lon qildi.

Oʻzbekistondagi eng yirik aloqa operatorining mobil aloqa abonentlari soni sentabr oyi yakunlariga koʻra 10,328 millionni tashkil etdi. Shu tariqa, abonent shartnomalari miqdorining oʻsish sur'ati 1,099 millionni yoki 29 foizga teng boʻldi.

Oʻzbekistonda EBITDA toʻgʻrilangan koʻrsatkichi (asosiy mablagʻlarning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida koʻrilgan zarar amortizatsiyasi) 2012-yilning uchinchi choragiga nisbatan 51 foizga oʻsdi. Bunda operatsiyalarning marjinallligi yildan yilga deyarli 8,9 foizlik punktga oʻsdi.

Bir oy davomida bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rta hisob (ARPU ko‘rsatkichi) uchinchi chorakda 6 dollarga yetdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oy davomida bitta abonent uchun sarflangan daqiqalar miqdori) chorak davomida 7 foiz o‘sdi (aprel-iyuldagi 472 daqiqaga nisbatan 504 daqiqa).

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: «Beeline O’zbekistonda investitsiyalarni oshirishda davom etmoqda: joriy yilning dastlabki to’qqiz oyi davomidagina kapital xarajatlar 159 million dollarni tashkil etdi. Agar butun 2012-yil davomida mazkur ko’rsatkich 137 million dollarni tashkil etganini yodga olsak, nafaqat joriy qurilishning ko’lami haqida, balki kompaniyaning tarmoq modernizatsiyasi va kengayishiga kiritgan sarmoyasi haqida xulosa qilish mumkin. Bugun biz o’z oldimizga qo’ygan ikkita strategik yo’nalishni ko’rmoqdamiz: xizmatlar sifatining kelgusida o’sishi va servis rivoji, bu esa Beelinega uzoq muddatli istiqbolda yetakchilik mavqeini saqlab qolish imkonini beradi».