24-aprel kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari VIII plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xotambek Ketmonov Markaziy Kengash raisi etib saylandi. Partiya yetakchisi lavozimiga saylangunga qadar Xotambek Ketmonov Andijon viloyati hokimining diniy va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2005-yildan shu kungacha XDP MK raisi lavozimni egallab kelgan Latif G‘ulomov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Xalq demokratik partiyasi 1991-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistonda a’zolar soni jihatidan eng katta siyosiy partiya hisoblanadi.