O‘zbekiston Prezidentining 11-martdagi qarori bilan Baxromjon Olmatov Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta‘minlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.