11-13-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida AQSH Davlat kotibi Jon Kerri va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Ularda O‘zbekiston-Amerika munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama etiladi.