O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1-fevraldan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini bank to‘lov kartochkalaridan foydalangan holda sotishning takomillashtirilgan tartibi joriy etilishi munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tizimning joriy qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari uchun chet el valyutasidagi mablag‘larni ularning depozit hisobvaraqlariga kirim qilish hamda ushbu hisobvaraqlardan bank mijozining birinchi talabi bilan chet el valyutasidagi mablag‘larni to‘siqlarsiz yechib berish va ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq mijozlar o‘z xohishlariga qarab foydalanishi bo‘yicha amaldagi tartib saqlanib qoldi.

Shuningdek, mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarni va aviachiptalarni tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan bank to‘lov kartochkalaridan foydalangan holda chet el valyutasida sotib olish tizimi o‘z kuchini saqlab qoldi.