Tashqi haroratning pasayishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimi poytaxtda isitish mavsumining boshlanishiga oid ikkita qarorga imzo chekdi.

Ularga binoan, 3-noyabrdan boshlab poytaxtdagi xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida, 5-noyabrdan e'tiboran esa ko‘p qavatli turar-joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.

Hokim qarorlarida tuman hokimliklari, shuningdek, ushbu jarayonga daxldor bo‘lgan xizmatlar hamda tashkilotlarga mavsumni sifatli o‘tkazish borasida tegishli topshiriqlar berilgan, xabar berdi Toshkent hokimligi axborot xizmati.