Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Hayit Kamilov o‘z arizasiga binoan Buxoro shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi, xabar qildi Buxoro viloyati matbuot xizmati.

Deputatlar mazkur lavozimga “Navoiyavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori lavozimida ishlab kelgan Valijon O‘rinovni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladilar.