16-avgust kuni huquqni muxofaza qiluvchi idoralar va tegishli davlat organlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasi va unga tutash Toshkent avtomobil halqa yo‘li hududlarida ommaviy tartibsizliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, shartli nomi “Val” bo‘lgan mashg‘ulotlar belgilangan reja asosida o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida IIV va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari o‘z kasbiy mahoratini ko‘rsatib, davlat va jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ularga yuklatilgan xizmat vazifalarni bajarishga doimiy shayligini, intizomi va ruhiy barqarorligini namoyon qildi.