Toshkent shahar ho‘jalik sudining 13-avgustdagi qaroriga binoan “O‘zdunrobita” xorijiy korxonasining uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish, tarmoqlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish bo‘yicha litsenziyasi bekor qilindi.

Shu munosabat bilan MTS-O‘zbekiston xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini masala xal bo‘lgunga qadar to‘xtatadi, xabar beriladi kompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.

Operatorning ta’kidlashicha, abonentlarning raqamlari, ulangan servislar va hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari saqlanadi.

O‘z hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari qoldig‘ini qaytarib olishni istagan abonentlar qo‘shimcha xabardor etiladilar.