11-avgust kuni futbol faxriylari, “Paxtakor” futbol klubi o‘yinchilari va xodimlari, futbol akademiyasi o‘quvchilari va murabbiylari, oliy liga klublari vakillari va futbol ishqibozlari “Paxtakor”-79 xotirasini yodga olish uchun “Paxtakor” stadioniga to‘plandi. 33 yil oldin Dneprodzerjinsk osmonida ro‘y bergan aviahalokatda 17 ta paxtakorchilar hayotdan ko‘z yumgan edi.

Futbol faxriysi Vyacheslav Soloxo marhum futbolchilarni yodga oldi. Yig‘ilish qatnashchilari komanda xotirasiga atab o‘rnatilgan “Paxtakor”-79 yodgorligiga gullar qo‘ydi. Keyin Botkin qabristonida paxtakorchilarning umumiy qabri oldida uchrashuv o‘tkazildi, xabar berdi “Paxtakor” futbol klubining matbuot xizmati.

Futbol federatsiyasi faxriylari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari To‘lagan Isoqov, sport jurnalisti Axror Imomxo‘jayev va Shuhrat Ishbutayevning singlisi yig‘ilganlarga murojaat qildi. “Paxtakor” klubi nomidan “Paxtakor”-79 haqidagi xotirlash so‘zini klubning sport direktori Grigoriy Tseytlin aytdi.

Trenerlar faxriysi Yevgeniy Valitskiy ham jasur komanda haqida iliq so‘zlar gapirdi. Alla Tazetdinova barcha tashrif buyurganlarga “Paxtakor”-79 komandasini doimo xotirasida saqlashi va bu xotira mangu bo‘lishi uchun hamma narsani qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Paxtakor”-79:

Idgay Tazetdinov, murabbiy
Mixail An
Vladimir Fyodorov
Olim Ashurov
Ravil Agishev
Konstantin Bakanov
Yuriy Zagumennix
Aleksandr Korchyonov
Nikolay Kulikov
Vladimir Makarov
Sergey Pokatilov
Viktor Churkin
Sirojiddin Bozorov
Shuhrat Ishbutayev
Vladimir Sobirov
Vladimir Shumakov, vrach
Mansur Tolibjonov, boshqaruvchi.