Ikki karra Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Artur Taymazov Londondagi Olimpiada o‘yinlarining finaliga chiqdi, xabar qildi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmat.

Yarim final bellashuvida amerikalik Dlagnev Tervel Ivaylovga qarshi gilamga chiqqan Taymazov muddatdan avval sof g‘alabaga erishdi.

Hal qiluvchi final bellashuvida hamyurtimiz gruziyalik sportchi David Modzmanashvili bilan bel olishadi.