Olimpiada-2012 o‘yinlari dasturidan o‘rin egallagan tennis musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Denis Istomin ikkinchi bosqichda Jil Myuller ustidan 6:7, 7:6, 7:5 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisini uchinchi bosqichda jiddiy raqib kutib turibdi. Ushbu bosqichda Istomin dunyo reyting jadvalini boshqarib borayotgan Rojer Federerga (Shveytsariya) qarshi bahs yuritadi.

Shveytsariyalik tennischi ikkinchi bosqichda Jyulyen Bennetoni (Fransiya) 6:2, 6:2 natijasi bilan mag‘lub etgan.