Dzyudochi Rishod Sobirov XXX yozgi London Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki medalni keltirdi.

Rishod Sobirov dzyudo kurashi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 60 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rishod Sobirov to‘rt yil muqaddam Pekin (Xitoy) Olimpiadasida ham birinchilardan bo‘lib musobaqalarga kirishib, O‘zbekiston hisobiga birinchi bo‘lib bronza medalini keltirgan edi.

Foto

Anvar Ilyosov (“Jahon” AA) olgan suratlar.