O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatning 2012-yil birinchi yarim yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlarni taarqatdi.

Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2012-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 2011-yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizni tashkil qildi.

Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur‘atlari quyidagilarni tashkil qildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi — 7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsuloti — 7,1, asosiy kapitalga investitsiyalar — 7,6, qurilish ishlari — 8,6, yuk aylanmasi — 9,3, yo‘lovchi aylanmasi — 7,8, chakana tovar aylanmasi — 12,5, pullik xizmat ko‘rsatish — 16,2.

Hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi o‘tgan yilning yanvar-iyun davriga nisbatan 1,1 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha 1,2 mlrd AQSH dollari miqdorida ijobiy saldoga erishildi. Respublikaning umumiy eksporti tarkibida turizm eksportining ulushi 4 foizga (2011 yilda — 3,2 foiz) teng bo’ldi.