O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 17-iyuldagi buyrug‘iga ko‘ra “O‘zdunrobita” xorijiy kompaniyasining litsenziyasi bugun soat 18:00 dan 10 ish kuniga to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zAAA matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘chma radiotelefon (mobil) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va hizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun AA seriyali 0000682 raqamli litsenziya “O‘zdunrobita”ga 2004-yil 28-iyulda berilgan.

Litsenziya amal qilish muddatining to‘xtatilishiga korxona tomonidan “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq bir necha marta va muntazam qo‘pol qoida buzarliklarga yo‘l qo‘ygani hamda nazorat qiluvchi organning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi sabab bo‘di.