O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiy ochiq aksiyadorlik-tijorat “Universalbank”idan chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi bosh litsenziyani qaytarib oldi.

Markaziy banki axborot xizmati xabariga ko‘ra, bunga valutani tartibga solishga doir amaldagi qonunchilik talablarini buzish sabab bo‘ldi.

“Universalbank” chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi bosh litsenziyani 2011-yil 20-dekabrida olgan edi.

“Universalbank” 2001-yili “Qo‘qon” ochiq aksiyadorlik tijorat banki bazasida 0,05 mlrd so‘m boshlang‘ich ustav kapitali bilan tashkil qilingan.

Bosh ofisi Qo‘qon shahrida joylashgan bankning aksiyadorlari nodavlat shirkatlar va jismoniy shaxslardir.