26-aprel kuni soat 19:00 da Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

27-aprelda “O‘zbekiston” sport saroyida yeti vazn toifasi bo‘yicha (to‘rt vaznda erkaklar, uch vaznda ayollar) shaxsiy hisobda Osiyo chempionatining dastlabki bellashuvlari o‘tkaziladi. Shu kuni 16:00 da Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

28-aprelda ham shaxsiy hisobda yetti vazn toifasida (uch vaznda erkaklar, to‘rt vaznda ayollar) bellashuvlar o‘tkaziladi. 29-aprel kuni esa jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qiladilar: Ulug‘bek Azizov (-60 kg), Mirzohid Farmonov (-66 kg), Navro‘z Jo‘raqobilov (-73 kg), Dilshod Choriyev (-90 kg), Ramziddin Saidov (-100 kg), Odiljon Tulendiboyev (+100 kg). Terma jamoa yetakchilari Rishod Sobirov (-60 kg) va Abdulla Tangriyevlar (+100 kg) jamoaviy bahslarda tatamiga chiqadilar.

Osiyo chempionatida ishtirok etadigan davlatlar kabi O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham mazkur Osiyo chempionati Olimpiya litsenziyalari sonini oshirish yo‘lidagi so‘nggi imkoniyat hisoblanadi.

XXX-yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan dzyudo ustalarining yakuniy ro‘yxati Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan 2-may kuni e’lon qiladi.