Yangi preyskurantga ko‘ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo‘lgan holda 94,5 so‘mdan 107,7 so‘mga yoki 14 foizga oshiriladi.

Hisoblagich bo‘lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri 1862,65 so‘mni tashkil qiladi (joriy tarif – 1633,9 so‘m).

Isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 757,7 so‘mdan 863,8 so‘mga ko‘payadi.

Aholi 1-aprelgacha foydalanilgan gaz uchun 10-aprelgacha joriy narxlar bo‘yicha hisoblagich ko‘rsatkichlariga muvofiq to‘lashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, gaz tariflari bundan oldin o‘tgan yilning oktabr oyida oshirilgan edi.

Avval xabar berganimizdek, 1-apreldan elektr energiyasi, issiq suv va sovuq suv ta’minoti hamda isitish uchun tariflar ham oshirilmoqda.