O‘zA xabar berishicha, musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Polsha, Armaniston, Gruziya, Litva, Estoniya, Belarus, Norvegiya va Ukraina kabi mamlakatlardan 14 sportchi kuch sinashdi.


Kristof Radzikovskiy (Polsha).

Polvonlar belgilangan vaqt mobaynida 130 kilogramm og‘irlikdagi predmetni ko‘tarib tushirish, 270 kilogramm og‘irlikdagi toshni ma’lum masofagacha ko‘tarib borish, 320 kilogramm og‘irlikdagi toshni aylana bo‘ylab ko‘tarish kabi mashqlarni bajardi.

Birinchi o‘rinni polshalik Kristof Radzikovskiy egalladi. O‘zbekistonlik Sergey Trubitsinga ikkinchi o‘rin nasib etgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya vakili Mark Feliks uchinchi o‘rinni egalladi.


Xamza Primov (O‘zbekiston).

Bahodirlar o‘yinlari jahon kubogi bosqichi O‘zbekistonda ikkinchi marta o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi, “Proform” fitnes klubi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil qilindi.