27-28-mart kunlari respublikada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 29-30-martda O‘zbekiston bo‘yicha vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor.

Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 15-20 m/s gacha tezlashadi. Harorat 26-mart kuni kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja, 27-28-mart kunlari kechasi +5…+10, kunduzi +20…+25 daraja, 29-30-mart kunlari kechasi +7…+12, kunduzi +17…+22 daraja bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, 26-mart kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30-mart kunlari vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 m/s gacha tezlashadi. Harorat 26-mart kechasi +5…+7 daraja, kunduzi +15…+17 daraja iliq, 27-28-mart kechasi +5…+10, kunduzi +20…+25 daraja, 29-30-mart kechasi +7…+12, kunduzi +17…+22 daraja.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, 26- va 29-30-mart kunlari vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 27-28-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-martda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-27-mart kechasi 0…-5 daraja, 28-30-mart kechasi -2…+3 daraja, kunduzi +7…+12, yog‘ingarchilik paytida +5…+10 daraja bo‘ladi.