Rahmonbek Usmonov 2011-yil 16-fevraldan beri poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

Toshkent hokimiyati sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Rahmonbek Usmonov 1960-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini mexanik muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Avvalroq Rahmonbek Usmonov Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2005-2011-yillar), poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimi (2003-2005) va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (2001-2003) lavozimlarida ishlagan.