“O‘zbekiston” telekanalining “Mahalla” xayriya fondi ma’lumotlariga tayangan holda xabar berishicha, hashar davomida 22 ming gektar hudud, 14 ming km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi.

Mamlakatning barcha hududlarida 2,92 milliondan ko‘p mevali daraxt va 8 million tup gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Bundan tashqari, 25,25 milliondan ko‘p daraxtlarga shakl berildi va oqlandi.

Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlarida davlat va xususiy sektor tashkilot va korxonalari xodimlari, talabalar, mahallalar aholisi qatnashdi.

An’anaga ko‘ra, hashar kuni yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.