TIV matbuot xizmati xabar berganidek, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi. Tomonlar, shuningdek, xalqaro va hududiy dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

Germaniya Federal mudofaa vazirligi saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tomas de Mezyer O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

13-mart kuni Germaniya delegatsiyasi Pokistonga jo‘nab ketdi.