Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyada 4-mart kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yakunlariga ko‘ra, amaldagi bosh vazir Vladimir Putinga 45109 ming ovoz (63,75%), Gennadiy Zyuganovga – 12166 ming (17,19%), Mixail Proxorovga – 5536 ming (7,82%), Vladimir Jirinovskiyga – 4409 ming (6,23%) va Sergei Mironovga – 2724 ming (3,83%) ovoz berilgan.

Rossiya Markaziy saylov qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, saylovchilar faolligi 65,3 foizni tashkil qilib, bu 2011-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputatlari saylovidagidan 5 foizga ko‘p demakdir.