29-fevral kuni Miroslav Yencha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashildi, xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Tomonlar Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz doirasidagi hamkorlik hamda BMT va uning tuzilmaviy bo‘limlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Muzokarada, shuningdek, 1-mart kuni ochiladigan “Barqaror rivojlanish – Markaziy Osiyodagi barqarorlik va tinchlikning asosiy omili” nomli xalqaro konferensiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ham ko‘rib chiqildi.