Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu mavsumda katta va keksa yoshdagi fuqarolar ziyoratni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Mavsumga tayyorgarlik doirasida joylarda har biri 50 kishilik guruh rahbarlari uchun jadallashtirilgan o‘quv kurslari olib borilmoqda.

Seminarlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Musulmonlar boshqarmasi vakillari o‘tkazmoqda.

Seminarlar diniy marosimni o‘tkazishning nazariy va amaliy bilimlarini o‘z ichiga oladi.