Qatnov haftada uch marta – juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan jo‘nash vaqti – 10:50, Toshkentga yetib kelish – 14:20. Poyezd Toshkentdan 17:40 da jo‘nab, Samarqandga 21:22 da yetib keladi.

“Registon” poyezdi bilan bir qatorda ikki shahar o‘rtasida har kuni Afrosiyob yuqori tezlikdagi poyezd qatnaydi. Toshkent va Samarqanddan jo‘nash vaqti – 8:00 va 17:00. Yo‘lga ketadigan vaqt – ikki yarim soat.