Respublika budjeti mablag‘laridan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki ushbu maqsadlar uchun qariyb 26 mln AQSH dollarlik imtiyozli kredit ajratadigan bo‘ldi.

Mablag‘ning 5,7 mln dollari mashina va uskunalar sotib olishga, 19 mln dollardan oshig‘i qurilish-montaj ishlariga sarflanadi.

Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmatining bildirishicha, “Qo‘ytosh” suv inshootidan boshlanadigan ichimlik suvi tarmoqlarining 55 kilometri rekonstruksiya qilinadi, 30 kilometrdan ziyod yangi suv tarmoqlari quriladi.

Qayd etish joizki, Jizzax viloyatidagi ichimlik suvi inshootlari rekonstruksiyasi va yangilari qurilishi uch yarim yil davom etadi va 2016-yili yakunlanadi.