“O‘zbektelekom” direktori Maxsum Mahmudov dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tganidek, yil boshidan 3 ta sotuv punkti ishga tushirilgan bo‘lib, ulardan biri Toshkent axborot texnologiyalari universiteti binosida joylashgan.

O‘tgan yili milliy telekommunikatsiyalar operatori “yagona darcha” tamoyili bilan ishlaydigan 50 ta savdo punktini ochgan edi.

Ularda simli va simsiz telefoniya, ajratilgan liniyali internet, CDMA-450 standartidagi mobil internet, videotelefoniya, Uz Digital TV kompaniyasining raqamli televideniyesi, shuningdek, texnik yordam xizmatlari ko‘rsatiladi. Ilgari abonentlar “O‘zbektelekom”ning turli filiallariga murojaat qilishardi.

2011-yil aprel oyida “O‘zbektelekom” katta miqyosda rebrending o‘tkazdi va UZTELECOM brendi hamda UZONLINE va UZMOBILE subbrendlari ostida xizmatlar ko‘rsata boshladi.