Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati, “Toshkent” teleradiokanali, “Toshkent oqshomi” va “Вечерний Ташкент” gazetalari hamda Toshkent.uz veb-sayti “Qabul kuni” loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

Poytaxt ma’muriyatining axborot xizmati xabar berishicha, loyiha doirasida Toshkent fuqarolari va mehmonlar shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, tuman hokimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga tegishli yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Birinchi “Qabul kuni” 29-fevralga rejalashtirilgan. O‘sha kuni soat 20:20 dan 21:00 gacha Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Tohir Matyoqubov qabul kunini o‘tkazadi.

Savollarni Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining 239-05-48, 233-13-21 telefon raqamlari, Toshkent.uz sayti yoki info@toshkent.uz elektron manzili orqali berish mumkin. Savol jo‘natganda o‘z shaxsi haqidagi ma’lumotlarni qoldirish lozim.