Ushbu maqsadga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 18,9 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan, xabar berdi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati.

So‘nggi 15 yil mobaynida poytaxt uchun turli modifikatsiyadagi 1000 ga yaqin Mercedes-Benz avtobuslari xarid qilingan.

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan har kuni jami 1,5 million nafarga yaqin yo‘lovchi tashiladi.

Uyushma qoshida maxsus servis markazi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda har oy 350 dan ortiq Mercedes-Benz yo‘lovchi tashish avtobuslariga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.