Noilin Xeyzer boshchiligidagi OTOIIK delegatsiyasi 16-17-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston vazirlik va idoralari bilan uchrashuvlar hamda yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish rejalashtirilgan.