Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fransua Gotye 10-fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi, xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2011-yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 354 mln dollarni tashkil qilgan. Bu 2010-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan ikki barobardan ko‘p.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.