U yerda “Binolar va inshootlar, shaharlar, tarixiy yodgorlilarni saqlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi, deb xabar beriladi Germaniya elchixonasi matbuot xizmatida.

Markazning asosiy maqsadi O‘zbekistonda binolar, inshootlarni saqlash, yodgorliklarni asrash, shahar va regional qurilishlarni loyihalashtirish, texnik infraqurilmani rivojlantirish, arxitektura-qurilish profilidagi binolar menejmenti sohalarida yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlashdir.

Ta’lim 2012-2013-o‘quv yilida boshlanib, loyihalashtirishning yevropacha texnologiya va usullarini o‘zbek milliy texnologiya va usullari bilan birga o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Magistraturada o‘qish ikki yil davom etib, bitiruvchilarga Potsdam ixtisoslashgan institutining magistrlik diplomi beriladi. Ta’lim Toshkent arxitektura va qurilish institutida Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan nemis tilida olib boriladi. Talabalar 2-yarim yillikda Germaniyada o‘qishadi.

Ushbu loyiha “Folksvagen” Germaniya fondi moliyaviy hamkorligida, shuningdek, O‘zbekistondagi ikki yirik arxitektura institutlari – TAQI va SamDAQI, shuningdek, Germaniyaning Bamberg Otto-Fridrix Universiteti, Drezden texnika universiteti, Potsdam ixtisoslashgan instituti va “Bauxaus” Veymar Universiteti ishtirokida amalgam oshirilmoqda.

Sinov asosida 20 nafar talaba tanlab olinadi. Magistraturaga qabul 20-fevralgacha mutaxassislik va nemis tili bo‘yicha test imtihonlari asosida o‘tkaziladi. O‘qish narxi – har semester uchun 750 yevro.