Endi poyezd Toshkentdan 8:00da jo‘nab ketib, Samarqandga 10:30da yetib keladi. U yerdan 17:00da jo‘nab, poytaxtga 19:38da yetib keladi.

Shu vaqtgacha Afrosiyob poyezdi ikki shahar oralig‘ida haftada ikki kun – shanba va yakshanba kunlari qatnagan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, Afrosiyob poyezdi harakatlanishidagi o‘zgarishlar tufayli 10-raqamli “Sharq” (Toshkent-Buxoro) poyezdi jadvaliga o‘zgarish kiritilgan bo‘lib, u endi Toshkentdan 8:30da jo‘nab ketadi.

Shuningdek, “Nasaf” (Toshkent-Qarshi) 8-raqamli poyezdi endi Toshkentdan 8:05da jo‘naydi.