O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi 1992-yil 21-yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, 20 yildirki, mamlakatimizdagi Olimpiya faoliyati va sportni rivojlantirish borasida faol ishlar olib bormoqda.

1993-yil sentabrida MOQning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan e’tirof qilinishi O‘zbekiston sportchilariga Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini berdi.

MOQ matbuot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek sportchilarining ilk ishtiroki Lillexamerdagi XVII qishki Olimpiada o‘yinlarida (1994-yil) va Atlantadagi XVI yozgi Olimpiada o‘yinlarida (1996-yil) bo‘lib o‘tgan.

Shundan beri, O‘zbekiston sporti vakillari barcha Olimpiada o‘yinlarida faol qatnashmoqda. Har bir Olimpiada musobaqasida sport tarixida abadiy muhrlanib qoladigan yangi chempion va sovrindorlar nomlari kashf qilinmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida o‘zbekistonliklar Olimpiada o‘yinlarida 5ta oltin, 5ta kumush va 8ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston MOQ sportni va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Olimpiyadaga oid ta’lim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlariga ulkan hissa qo‘shmoqda, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

MOQ bilan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qo‘mitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga 2009-yildan beri Malik Boboyev prezidentlik qilib kelmoqda.