Bank xabarnomasida aytilishicha, VISA kartasi egalari 31-yanvargacha karta bo‘yicha joriy operatsiyalarni amalga oshirishlari kerak. Ushbu vaqt mobaynida kartani bank kassasiga topshirib, VISA karta hisobidagi qoldiqni xorijiy valyutada olishlari va/yoki mablag‘ni O‘zbekistondagi boshqa vakil bankdagi hisobga o‘tkazishlari zarur.

VISA Classic kartasi egalariga 100 AQSH dollari miqdoridagi sug‘urta depoziti berish 30 kalendar kuni tugagunga qadar berilgan kartani yopish haqidagi ariza asosida depozit hisobi orqali amalga oshiriladi. Depozit hisobidagi 10 AQSH dollarilik qoldiq sug‘urta depoziti bilan birgalikda qaytariladi.

VISA karta hisobidagi qoldiqni olish yoki ko‘chirish uchun mijozlar o‘zlari bilan pasport va VISA kartani olib kelishlari kerak bo‘ladi. Ushbu operatsiyalarni faqatgina karta egalari yoki tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida vakil kishilar amalga oshirishlari mumkin.