2012-yilning 1-fevralidan boshlab, Davlat soliq qo‘mitasining 244-97-85 raqamli mavzuli telefon liniyasi faoliyat ko‘rsatadi. Unda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning mutaxassislari bilan belgilangan vaqt va mavzuda muloqot o‘tkazishlari mumkin.

Telefon muloqotlarining fevral oyiga rejalashtirilgan vaqt va mavzular grafigi qo‘mita saytida yozilgan. Tematik tarmoqning ishlash vaqtlari – belgilangan kunlarda soat 10 dan 12 gacha.

Fevralning birinchi kunidagi telefon muloqoti jismoniy va yuridik shaxslarga soliq solish tartibidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi. Fevral oyi ro‘yxatida jami 18 ta mavzu bor.

DSQ matbuot xizmati xabariga, ko‘ra, fuqarolar o‘z mavzularini taklif qilishlari, va ular tematik telefon liniyasining keyingi faoliyatida inobatga olinishi mumkin.