O‘tgan yili O‘zbekistonda 13857 ta yong‘in hodisalari qayd etilgan bo‘lib, bu 2010-yil ko‘rsatkichlaridan 2,8 foizga kam demakdir. Yong‘in natijasida tana jarohati olganlar soni 632 (13,1 foizga kam), halok bo‘lganlar soni esa 177 (1,7 foizga kam) nafarni tashkil etgan.

IIV YXBB ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida o‘tgan yili 1619 ta yong‘in sodir bo‘lib, 2010-yildagi 1764 yong‘indan 8,2 foizga kam demakdir. Turli darajadagi tana jarohatlari olgan shaxslar soni 41 nafar bo‘lgan (2010-yili 51 nafar, 19,6 foizga kam), yong‘in natijasida nobud bo‘lganlar 33 kishini (35 kishi, 5,7 foizga kam) tashkil qilgan.