O‘z faoliyati davomida TXVUni iqtisodiyot, biznesni boshqarish, tijorat huquqi va biznesda axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha 830 nafar talaba bitirdi.

Hozirgi vaqtda universitet bitiruvchilarning taxminan 90 foizi davlat va xalqaro tashkilotlarda ishlaydi. Ularning ba’zilari O‘zbekiston va chet eldagi universitetlarda ta’limni davom ettirmoqda.

2009-yilda TXVU qoshida Zarafshonda o‘quv markazi va akademik litsey ochildi. O‘tgan yili oliygoh hududi kengaytirilib, zamonaviy o‘quv-resurs markazlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

TXVU saytida xabar berilishicha, yubileyni nishonlash doirasida bitiruvchilar uchrashuvi, universitet drama-klubi tomoshasi, litsey talabalari musiqiy guruhi konserti, basketbol va badminton bo‘yicha turnirlar va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

TXVU 10 yillik yubileyini nishonlashga Vestminster Universiteti (London) vakillari mazkur universitet boshqaruv kengashi a’zosi Rita Belami boshchiligida tashrif buyurdi.