Milliy domen zonasi Ma’muriyatining xabar berishicha, Kompyuter Kommunikatsiya (CCC) kompaniyasi UZ zonasida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatdi.

Statistikaga muvofiq, CCC kompaniyasi 155 ta domen nomlariga xizmat ko‘rsatadi. Domen nomlari egalari domenlarini yangi registratorga o‘tkazishlari (transfer qilishlari) kerak.

UZ zonasida jami 13,5 mingta domen ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlarini oltita kompaniya – Toshkentda joylashgan “Tomas”, Amaliy Aloqalar Biznesi, Sarkor Telecom, BILLUR COM, Arsenal-D va Farg‘ona shahridagi “Simus” ko‘rsatadi.