2012-yil 9-yanvar kuni poytaxtdagi Kinochilar uyida “Mening do‘stim” nomli film namoyish etiladi. Film rejisyori Sebastian Shipper. Mazkur komediya ikki do‘st haqida bo‘lib, do‘stlik va muhabbat mazmunidagi qiziqarli hikoyadir. Rollarda: Daniel Bryul, Yurgen Fogel, Sabine Timoteo va boshqalar.

Toshkentdagi Gyote Institutining xabar berishicha, nemis kinosi kuni doirasida poytaxt tomoshabinlariga nemis kinosining eng dolzarb va mashhur filmlari taqdim etiladi.

Filmlar nemis tilida rus tilidagi subtitri bilan namoyish etiladi. Tomosha qilish bepul.