«Bilayn» aloqa operatori 2011-yil 31-dekabr va 2012-yil 1-yanvar kunlari tarmoq faoliyatining yakunlari haqida xabar berdi.

O‘z qarindoshlari va yaqinlari bilan bog‘lanishni xohlovchilarning soni bayram kunlari an’anaviy tarzda oshadi, avj pallasi esa Yangi yilning dastlabki soatlariga to‘g‘ri keladi. Bunda tabrik SMSlarning soni odatda qo‘ng‘iroqlar soniga nisbatan tez sur’atda ko‘payadi, deb xabar berdi operator matbuot xizmati.

«Tarmoqni yangi yil bayramlariga tayyorlash bo‘yicha dekabr tadbirlari bizga maksimal og‘irliklarni munosib ravishda qarshi olishga yordam berdi. 1-yanvarning dastlabki soatlarida SMS-trafik 31-dekabrdagi umumiy fonga nisbatan sakkiz marotaba o‘sdi, biroq biz ushbu avj olgan ko‘rsatkichlarga faoliyatda uzilishlarsiz bardosh bera oldik», — deydi «Unitel"ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov.

31-dekabrdan 1-yanvargacha «Bilayn» tarmog’ida 34 milliondan ortiq SMS yetkazib berilgan. 2012-yilning birinchi soatida sekundiga qariyb 600 ta xabar tezlikda SMS jo‘natilgan.