Bu haqda mobil operator vakillari kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

31-dekabr va 1-yanvar kunlari operator tarmog‘ida hammasi bo‘lib 16,5 million matnli xabar yuborilgan va 105 milliondan ortiq telefon qo‘ng‘iroqlari qilingan.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, tarmoq bunday yukni ko‘tara olgan va uzilishlarsiz ishlagan.